Daromad va foyda
Kunlik savdo, o‘rtacha chek va top mahsulotlar grafikda.
Telegram bot · Veb-sayt · Admin panel
Telegram bot, veb-sayt va admin panel bitta tizimda. Mijozlar buyurtma beradi, siz hammasini bitta joydan boshqarasiz: buyurtma, to‘lov, yetkazish va statistika.
Click, Payme, iiko, Billz va boshqa tizimlar bilan ishlaydi
Robosell’dan foydalanadigan kompaniyalar
Ko‘p biznes buyurtmani qo‘lda qabul qiladi. Robosell bilan bu jarayon avtomatik bo‘ladi.
01Hozir (Robosell’siz): Buyurtmalar Telegram va telefonda tarqalib ketadi
✓Robosell bilan: Har bir buyurtma panelga avtomatik tushadi
02Hozir (Robosell’siz): Mahsulot va narxlar daftar yoki Excel’da
✓Robosell bilan: Katalog, narx va qoldiq bitta joyda
03Hozir (Robosell’siz): To‘lovni qo‘lda tekshirasiz
✓Robosell bilan: Click, Payme, Robopay orqali onlayn to‘lov
04Hozir (Robosell’siz): Kim qancha sotgani, qancha foyda qilgani noma’lum
✓Robosell bilan: Daromad, foyda va top mahsulotlar grafikda
Texnik bilim kerak emas — hammasini siz bilan birga 1 kunda sozlaymiz.
Telefon raqamingizni qoldirasiz, menejer 15 daqiqada bog‘lanadi.
Katalog, to‘lov va yetkazishni siz bilan birga ulab chiqamiz.
Mijozlar bot, sayt va ilovadan buyurtma beradi — siz panelda ko‘rasiz.
Ariza qoldirgandan birinchi buyurtmagacha — taxminan 1 kun
Ariza qoldirishBir marta mahsulot qo‘shasiz — u bot, sayt va ilovada bir vaqtda paydo bo‘ladi.
NomiKrossovka White GlitterNarx690 000 so‘mKategoriyaPoyabzalMijoz chatdan chiqmasdan menyuni ko‘radi va buyurtma beradi.
O‘z domeningizda tayyor internet-do‘kon: savat, to‘lov va SEO bilan.
Click ilovasining millionlab foydalanuvchilari sizdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qiladi.
Buyurtma, mahsulot, mijoz va pul harakati — bitta panelda, real vaqtda.
Kunlik savdo, o‘rtacha chek va top mahsulotlar grafikda.
Yangi, jarayonda, yo‘lda — har bir buyurtma qaysi bosqichda ekanini ko‘rasiz.
Click, Payme va Robopay to‘lovlari avtomatik tasdiqlanadi.
Narx, qoldiq va chegirmalar bitta joyda. Excel’dan bir bosishda import.
Namlovchi krem312 ta
Krossovka198 ta
Soat U-Boat86 ta⚠ Quloqchin Koss Porta — 3 ta qoldi
Kim, qachon va qancha xarid qilgani avtomatik yig‘iladi.
Ishlayotgan dasturlaringizni almashtirish shart emas — Robosell ularga o‘zi ulanadi.
Mijoz to‘lagan zahoti buyurtma avtomatik tasdiqlanadi.
Mahsulot, narx va qoldiq kassa dasturingiz bilan sinxron.
Buyurtma kuryer xizmatiga o‘zi uzatiladi, holati kuzatiladi.
va yana 20+ integratsiya
Restoran bo‘ladimi yoki butik — Robosell savdo turingizga moslashadi.

Menyu, stol uchun QR, yetkazib berish va oshxonaga avtomatik buyurtma.

O‘lcham va rang variantlari, qoldiq nazorati va kolleksiyalar.

Mahsulot to‘plamlari, sharhlar va doimiy mijozlar uchun bonuslar.

Muddatli to‘lov, kafolat va nasiya bilan sotish.
Restoran, do‘kon va xizmat ko‘rsatuvchi bizneslar Robosell bilan qanday ishlayotgani haqida.
Robosell onlayn savdolarimni butunlay o‘zgartirdi! Ushbu platforma tufayli men bir necha daqiqada do‘konim uchun qulay Telegram bot va veb-sayt yaratishga muvaffaq bo‘ldim.
Men uzoq vaqt davomida onlayn do‘kon yaratish uchun mos platformani qidirdim va uni topdim. Robosell foydalanish uchun qulay interfeysga ega va mening asosiy yordamchim!
Ushbu platforma mijozlarimizga xizmat ko‘rsatish va ovqat yetkazib berish bo‘yicha buyurtmalar boshqaruvini yangi bosqichga olib chiqishimizga yordam berdi.
Robosell bilan biz yanada moslashuvchan bo‘ldik va mijozlar so‘rovlariga tezroq javob bera boshladik. Telegram bot va buyurtma sayti mijoz bilan tezkor muloqot qilish imkonini yaratdi.
Robosell bilan fastfud shoxobchamizni boshqarish juda oson! Biz shunchaki akkaunt yaratib, unga menyu qo‘shdik. Endi mijozlar osongina onlayn buyurtma berishlari mumkin.
Robosell nafaqat onlayn do‘kon yaratishni osonlashtiradi, balki buyurtmalarni boshqarish va mijozlarga xizmat ko‘rsatish uchun ko‘plab funksiyalarni ham taklif qiladi.
Robosell’ning tezligi va sifati meni hayratda qoldirdi. Bir necha daqiqada do‘konim uchun Telegram bot yaratdim va buyurtmalarni qabul qila boshladim. Kichik biznes uchun haqiqiy topilma!
Biz uzoq vaqt davomida onlayn buyurtma berish uchun yechim izlagandik va Robosell biz kutgan natijani berdi.
Platforma bizga qulay Telegram bot va buyurtmalar uchun veb-sayt yaratishda yordam berdi. Bu esa o‘z navbatida ko‘proq mijozlarni jalb qilib, daromadimizni oshirdi.
Restoran egasi sifatida men soddalik va funksionallikni qadrlayman. Bu platforma mijozlarimizga ovqat buyurtma qilish va yetkazib berish jarayonini tez va qulay qildi.
Barcha tariflarda yangilanishlar bepul. Uzoq muddatga olsangiz — arzonroq.
Telegramda sotishni boshlash uchun
300 000so‘m/oy
3 oyga jami 900 000 so‘m
Tarifni tanlash — StartO‘sib borayotgan biznes uchun
500 000so‘m/oy
3 oyga jami 1 500 000 so‘m
Tarifni tanlash — BasicFiliallari bor tarmoqlar uchun
900 000so‘m/oy
3 oyga jami 2 700 000 so‘m
Tarifni tanlash — ProfessionalBiznesingizni onlayn qilish uchun 10 barobar ko‘p pul sarflashingiz shart emas.
| Imkoniyat | Start | Basic | Professional |
|---|---|---|---|
| Telegram bot (WebApp) | ✓ | ✓ | ✓ |
| Veb-sayt | Subdomen | O‘z domeni | O‘z domeni |
| QR menyu / katalog | — | ✓ | ✓ |
| — | ✓ | ✓ | |
| Click SuperApp | — | — | ✓ |
| Filiallar | 1 | 3 | Cheksiz |
| Xodimlar va rollar | 2 | 10 | Cheksiz |
| Analitika | Asosiy | To‘liq | To‘liq + eksport |
| Rassilka va promo-kod | — | ✓ | ✓ |
| Integratsiyalar (POS, ombor) | — | ✓ | ✓ |
| Shaxsiy menejer | — | — | ✓ |
Javobini topmadingizmi? Menejerimiz 15 daqiqada bog‘lanadi.
Ism, kompaniya va telefon raqamingizni qoldiring — menejerimiz 15 daqiqada bog‘lanadi va bepul maslahat beradi.
Restoran, kafe va fastfud, kiyim-kechak, kosmetika, elektronika va boshqa har qanday chakana savdo uchun. Restoran va onlayn do‘kon uchun alohida dizayn turlari bor.
BotFather’da bot oching va tokenini admin paneldagi “Platformalar → Telegram bot” bo‘limiga kiriting. Katalog, savat va to‘lov bot ichida avtomatik paydo bo‘ladi.
“Platformalar → Veb-sayt” bo‘limida dizayn turini tanlaysiz — sayt Robosell subdomenida darhol ishga tushadi. Basic va Professional tariflarda o‘z domeningizni ulaysiz.
Yo‘q. Botni ulash, mahsulot qo‘shish va to‘lovlarni sozlash — hammasi admin panelda, kod yozmasdan. Kerak bo‘lsa, jamoamiz bepul yordam beradi.
Odatda bir kun ichida: ro‘yxatdan o‘tasiz, BotFather tokenini kiritasiz va mahsulotlarni qo‘shasiz. Mahsulot ko‘p bo‘lsa, Excel orqali bir martada import qilasiz.
Naqd, karta, Click, Payme, RoboPay, Alif va Uzum nasiya hamda muddatli to‘lov.
Ha, Basic va Professional tariflarda saytni o‘z domeningizga ulaysiz. Start tarifida sayt Robosell subdomenida ishlaydi.
Har bir mahsulotga IKPU kodini biriktirish mumkin. Fiskal chekni ulash tartibini menejerimiz biznesingizga qarab tushuntirib beradi.
Ha. Sinov davrida asosiy imkoniyatlarni bepul tekshirib ko‘rasiz, bank kartasi talab qilinmaydi.
Bepul sinov, karta talab qilinmaydi. Sozlashda yordam beramiz.